19:28 / 30.09.2015
3589

Farhod Tolipov: O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik boshida turishi lozim

O‘zbekistonlik siyosatshunos Farhod Tolipovning fikricha, O‘zbekiston mintaqani birlashtirish ishining boshida turishi lozim.

EurasiaDaily nashriga bergan intervyusida u O‘zbekistonning mintaqadagi o‘rni haqidagi savolga javob berar ekan, “javob ko‘plab akademik soatlarni egallashi”ni tan oldi.

“Qisqacha aytganda, - so‘zida davom etdi ekspert, – mening fikrimcha, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning lokomotiviga aylanishi lozim. U mintaqadagi geosiyosiy vaziyatni ko‘p jihatdan belgilab beruvchi asosiy davlatdir. Qozog‘istonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishidan so‘ng Markaziy Osiyo yetakchisi masalasi (garchi bu, mening qarashimcha, bir qadar ko‘pirtirib yuborilgan va hatto mifik tushunchadir) O‘zbekiston foydasiga hal bo‘lmoqda. Chunki Qozog‘iston Markaziy Osiyo emas, aftidan, Yevrosiyo davlati bo‘lmoqchi. Afsuski, bugun O‘zbekiston bu roldan o‘zini chetga oldi. Umid qilamanki, bu vaqtinchalik holat”.

Top