20:51 / 30.09.2015
6146

Hindistonda hinduistlar yashirincha sigir go‘shti iste'mol qilgan musulmon kishini o‘ldirishdi

Hindistonda hinduistlardan iborat guruh qoramol (sigir)ning o‘limiga sababchi bo‘lgan musulmon fuqaroni o‘ldirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Voqea mamlakat poytaxti Nyu-Delidan unchalik uzoqlikda bo‘lmagan Dadri shahrida sodir bo‘lgan.

Mahalliy hinduistlar hududda yashovchi temirchi musulmon Muhammad Akxlaka vauning oilasi yashirincha mol go‘shti iste'mol qilib kelishidan shubhalanib kelgan va kunlarning birida uning uyiga bostirib kirib Akxlakani o‘lguniga qadar kaltaklashgan.

Marhumning o‘g‘li og‘ir jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan. Temirchining qizi hinduistlarni to‘xtatishga uringan biroq, guruh uni chetga chiqarib tashlagan.

Musulmonlar jamiyati Akxlakaning o‘limi uchun qasos olish maqsadida jangga kirishishgan. Natijada masalaga politsiya aralashishiga to‘g‘ri kelgan. 30 nafar mahalliy aholining 6 nafari hibsga olingan.

Top