16:01 / 30.09.2015
2418

Iker Kasilyas: Mourinoni yengganimizdan emas, jamoamiz 3 ochko ishlaganidan xursandman

"Portu" jamoasi darvozaboni Iker Kasilyas YeChLning 2-turi doirasida o‘zining sobiq murabbiyi Joze Mourino ishlayotgan "Chelsi" jamoasiga qarshi g‘alabali o‘tkazilgan o‘yindan keyin intervyu berdi.

"Men Mourino yengilganidan emas, o‘z jamoam g‘alabasidan quvondim.
Men Mourinoga nisbatan kek saqlab yurganim yo‘q. Jyentlmenlar bir-birlari bilan qo‘l siqishib ko‘rishishlari kerak.
Oradan ancha vaqt o‘tdi. Kecha biz uchrashganimizda o‘zimizni jyentlmenlar kabi tutdik. Yaxshisi o‘tmishdagi voqealarni unutamiz. Men o‘tmish bilan yashamayman", dedi darvozabon.

Eslatib o‘tamiz, Mourino "Real"ni boshqargan va Kasilyas "Real" a'zosi bo‘lgan vaqtda murabbiy va darvozabon munosabatlari sovuqlashgan, natijada Kasilyas jamoaning asosiy tarkibidan tushub qolgandi.

Top