02:18 / 30.09.2015
6970

KUN.UZ dayjesti: 29 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 29 sentabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Google O‘zbekistonni tanladi>>

2015 yilning fevral oyida Amerikaning Google Inc. korporatsiyasining Yangi texnologiyalar va Google ishlanmalarini rivojlantirish Oliy Departamenti o‘z ishlanmalari uchun yangi istiqbolli hududlarni o‘zlashtirishga qaror qildi

Musulmonlar eng ko‘p yashaydigan davlatlar ro‘yxati tuzildi>>

Amerikaning Vashington ilmiy-tekshirish markazining ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Islom diniga e'tiqod qiluvchilar 1,6 milliard nafardan ortiq bo‘lib, sayyoramizning 23 foiz aholisini tashkil qiladi

3 oktabr kuni «Mediapark Rohat» savdo markazining ochilish marosimi o‘tkaziladi>>

2015 yilning 3 oktabr kuni yangi maishiy texnika va elektronika savdo markazi «Mediapark Rohat»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Qozog‘istondagi to‘yda dugonalar kelinning guldastasi uchun tortishib ketishdi>>

Internetda tarqalgan videoda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan to‘yda kelin o‘zining turmushga chiqmagan dugonalariga guldasta uloqtirishi tasvirlangan

Germaniyada bir ayol “o‘lgandan” keyin 31 yil o‘tib tirik ekanligi ma'lum bo‘ldi>>

Germaniyada yo‘qolganidan keyin 31 yil o‘tib tirik ekanligi ma'lum bo‘lgan ayol topildi

BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohidan fotoreportaj>>

Nyu-Yorkning Manhetton orolidagi BMT bosh qarorgohi, bu – xalqaro hudud hisoblangan, umumiy maydoni 70 ming kvadrat metrdan ortiq bino kompleksidir

NASA olimlari Marsda suyuq holdagi suv topishdi>>

Amerikalik tadqiqotchi olimlar Mars sayyorasida suyuq holatdagi suv borligini aniqlashdi

Tayson Fyuri Vladimir Klichkoni o‘yinchoq ayiqqa qiyosladi>>

Superog‘ir vazn toifasida haligacha mag‘lubiyatga uchramagan britaniyalik bokschi Tayson Fyuri ukrainalik Vladimir Klichkoning jarohat olib, bo‘lajak jangning kechiktirilishiga sabab bo‘lganiga o‘zining munosabatini keskin ravishda bildirdi

Lukashenko BMT Assambleyasiga o‘zining 11 yoshli o‘g‘lini ham delegat sifatida olib bordi>>

BMTning Bosh Assambleyasining 70-sessiyasida ishtirok etish uchun Belarus Respublikasi delegatsiyasi tarkibidan mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘g‘li 11 yoshli Nikolay ham o‘rin olgan

Mini-avtomat uy sharoitida koka-kola tayyorlaydi>>

Keurig kompaniyasi Coca-Cola bilan hamkorlikda uy sharoitida haqiqiy koka-kola tayyorlaydigan avtomatlar ishlab chiqarishni boshladi

AQSh askarlarining miyalariga chip o‘rnatilishi iddao qilinmoqda>>

AQSh Mudofaa vazirligining istiqbolli mudofaa loyihalari agentligi DARPA chiplarni tatbiq qilish bo‘yicha dasturni ishlab chiqiqmoqda

Shotlandiya maktablarining birida o‘quvchilar har kuni 1,6 km.ga yugurishadi>>

Shotlandiya boshlang‘ich maktablarining birida qabul qilingan qoidaga muvofiq o‘quvchilar semirib ketishdan aziyat chekishmiyapti

Ko‘krak saratoniga qarshi kurash aksiyasi doirasida Eyfel minorasi pushti rangga bo‘yaldi>>

Sut bezlari saratoniga qarshi kurash aksiyasi doirasida Eyfel minorasi pushti rang projyektorlar bilan yoritildi

Xitoyda yer yuzidagi eng kichkina chig‘anoqlar topildi>>

Naturalchilar Xitoy qirg‘oqlarida dunyodagi eng kichik chig‘anoqlarni aniqlashdi. Angustopila dominikae deb atalgan chig‘anoqning uzunligi bor yo‘g‘i 0,5 millimetrni tashkil eatdi

Auktsionda 110 yoshli elektrokar sotildi>>

Bonhams auksionida 1905 yilda Daniyada ishlab chiqarilgan va yagona nusxada saqlanib qolgan Woods Electric Style 214A Queen Victoria Brougham elektokari sotildi. Avtomobil uchun 632,5 ming daniya kronasi (94,5 ming dollar atrfoida) pul to‘lashdi

Ronaldo Xitoyda 30ta futbol maktabi ochadi>>

Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo Xitoyda 30ta futbol maktabi ochishni rejalashtirmoqda

Bill Geyts yana bir bor Forbes talqinidagi eng boy kishilar ro‘yxatini boshqarmoqda>>

Microsoft asoschisi Bill Geyts 22-marta AQShning eng boy 400 odami ro‘yxatini boshqarib kelyapti

Top