23:45 / 30.09.2015
11703

KUN.UZ dayjesti: 30 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 30 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Islom Karimov Namangan viloyatiga tashrif buyurdi>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 29 sentabr kuni Namangan viloyatida bo‘ldi

Islom Karimov: Jahon bozori uchun milliy brendimizni yaratishimiz lozim>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 29 sentabrdagi Farg‘ona vodiysiga safarini Namangan viloyatidan keyin kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona viloyatida davom ettirdi

Islom Karimov: Faqat don va paxta yetishtirish bilangina yuqori darajadagi rivojlanish va farovonlikka erishib bo‘lmaydi>>

Faqatgina don va paxta yetishtirish bilan yuqori darajadagi rivojlanish va farovonlikka erishib bo‘lmaydi

Tojikiston Qunduzdagi hodisalar munosabati bilan chegaradagi nazoratni kuchaytirdi>>

Tojikiston so‘nggi ikki kun davomida Afg‘oniston bilan chegaradosh Qunduz provinsiyasida bo‘lib o‘tayotgan hodisalarni diqqat bilan kuzatib bormoqda

1 oktabr kuni 2017 yil uchun Grin karta lotereyasi boshlanadi>>

Ertaga, 1 oktabr kuni AQShda yashash huquqini beruvchi Grin karta (Green Card) yutib olishga mo‘ljallangan DV-2017 lotereyasi boshlanadi

O‘zbekistonning 9 banki MDHning 200 eng yirik banki ro‘yxatiga kiritildi>>

1-4 oktabr kuni o‘tkaziladigan “Sochi-2015” investitsion forum arafasida RIA Reyting agentligi tahlilchilari MDH davlatlarining eng yirik 200 bankini o‘z ichiga olgan reytingni e'lon qildi

Armaniston Ozarbayjonga qarshi siyosiy va harbiy choralar ko‘rishi mumkin>>

Armaniston prezidenti Serj Sargsyan BMT Bosh Assambleyasi 70-sammitida irod qilgan nutqida ta'kidlashicha, Ozarbayjon agressiv harakatlarini davom ettirgan taqdirda Yerevan unga qarshi siyosiy-harbiy choralar ko‘rishga majbur bo‘ladi

OAV: Pentagonning Rossiya va Ukraina bo‘yicha kuratori ishdan bo‘shatiladi>>

Pentagonning Rossiya va Ukraina yo‘nalishidagi kuratori Evelin Farkas iste'foga chiqariladi

Kerri AQShning Asad bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarganini tan oldi>>

AQSh davlat kotibi Jon Kerri AQShning Suriya prezidenti Bashar Asad masalasiga yondashuvi o‘zgarganini tan oldi

Germaniya: G7 BMT qochqinlarga yordam ko‘rsatishiga 1.8 mlrd dollar ajratadi>>

“Kuchli yettilik” guruhi davlatlari YeI va Fors ko‘rfazidagi hamkorlari bilan kelishgan holda BMT qochqinlarga yordam ko‘rsatishiga 1.8 mlrd dollar ajratishga qaror qildi

Nazarboyev Obama bilan uchrashdi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashdi

Yaponiya bosh vaziri oktabrda O‘zbekistonga keladi>>

Shu oyning oktabr oyining oxirida O‘zbekistonga Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe tashrif buyuradi

Putin Federatsiya kengashidan Rossiya qurolli kuchlarini xorijda qo‘llashga ruxsat oldi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federatsiya kengashi muhokamasiga qurolli kuchlar kontingentini xorijda qo‘llashga ruxsat berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish haqidagi taklifni kiritdi

Asad Putinga yozgan xatida harbiy yordam so‘radi>>

Suriya prezidenti Bashar Asad rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga yo‘llagan maktubida undan harbiy yordam so‘radi

AQSh va Saudiya Arabistoni Asadni qo‘llab-quvvatlashga ko‘nmadi>>

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Nyu-Yorkda ittifoqchilari bilan muzokaralardan so‘ng Putinning taklifini “paxtavon o‘q uzish”ga tenglashtirdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada aviazarbalar berishni boshlaganini tasdiqladi>>

Rossiya harbiy-koinot kuchlari samolyotlari Suriya hududida “IShID” jangarilarining pozitsiyalariga aviazarbalar berishni boshladi

Manba: Rossiya samolyotlari IShID nazoratida bo‘lmagan hududga havo zarbalarini berdi>>

Ma'lum bo‘lishicha, Rossiya samolyotlari tomonidan ilk aviazarbalar yo‘llangan Homs viloyati IShID jangarilari emas, Suriya muxolifati nazorati ostida hisoblanadi

Top