09:30 / 30.09.2015
2405

Makkeyn: AQSh mudofaa byudjyeti Kiyevga tanklarga qarshi komplekslar yetkazishga imkon beradi

Respublikachilar tomonidan taklif qilingan AQShning 2016 moliyaviy yildagi mudofaa byudjyeti loyihasi Vashingtonda Ukrainaga qurol-yarog‘, shu jumladan, yuqori aniqlikdagi tanklarga qarshi komplekslar yetkazish imkonini qoldiradi.

Bu haqda AQSh senatori Jon Makkeyn TASS muxbiri bilan suhbatda aytib o‘tdi.
“Javelin tanklarga qarshi kompleksi eng muhim qurollardan biri bo‘lib, uni biz yetkazib berishimiz lozim”, - dedi u.

Makkeynning partiyadoshi Mek Tornberri, o‘z navbatida, taklif qilingan loyiha Kongressda ham qo‘llab-quvvatlanayotganini ma'lum qildi.

Top