20:49 / 30.09.2015
2533

Moskva politsiyasi 28 mln rubl o‘g‘irlagan 72 yoshli pensioner ayolni hibsga oldi

Moskva politsiyasi 28 mln rubl o‘g‘irlaganlikda gumon qilinayotgan 72 yoshli pensioner ayolni hibsga oldi.

“Politsiyaga ma'lum bo‘lishicha, Qarag‘anda viloyatida yashovchi ayol shaxsi aniqlanmagan kimsalar bilan birga 2012-2015 yillar davomida aldov yo‘li bilan fuarolarning pullarini o‘g‘irlagan. Ayol jabrlanuvchilarni Moskvaning turli banklarida o‘z ismlariga kreditlar rasmiylashtirishni va bu pullarni kelgusida boyish maqsadida turli daromadli biznes-loyihalarga sarflashga ko‘ndirgan”, deb aytilmoqda IIV saytida.

Firibgar ayol fuqarolardan pullarni olib, ularga kreditning 10 foizga yaqinini to‘lagan, qolganini esa keyinroq to‘lab berishga va'da bergan. Kampir bu faoliyatga o‘z tanishlarini jalb qilganlarga to‘lovlarni oshirishga va'da bergan.

Dastlabki vaqtda qarzlar haqiqatda to‘lab borilgan, biroq keyinroq jabrlanuvchilarga bank xodimlaridan to‘planib qolgan qarzlar bo‘yicha ogohlantirishlar kela boshlagan, “tadbirkor ayol” esa boshqa aloqaga chiqmagan.

Umumiy hisobda aldangan fuqarolarga 28 mln rubldan ko‘proq moddiy zarar yetkazilgan, deb ta'kidlanmoqda politsiyala.

Ushbu holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining “Juda katta miqdorda firibgarlik qilish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayol ayni paytda hibsda ushlab turilibdi.

Top