09:48 / 30.09.2015
2236

Nazarboyev: BMT Xavfsizlik kengashining terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha rezolyutsiyalari majburiy bo‘lishi lozim

BMT Xavfsizlik kengashining terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha rezolyutsiyalari majburiy bo‘lishi lozim. Shu paytgacha ular tavsiya xarakteriga ega bo‘lib kelmoqda, bu esa terrorchilikka qarshi kurash choralarini zaiflashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bayonot berdi.

“BMT doirasida ektremistik, terroristik strukturalar unifikatsiyasini o‘tkazib, Xavfsizlik Kengashiga u yoki bu tashkilotni qonundan tashqari deb e'lon qilish huquqini berish lozim”, - tavsiya qildi Nazarboyev BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish chog‘ida.

Top