11:57 / 30.09.2015
2316

Nyu-Delida teraktlar xavfi tufayli xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Maxsus xizmatlar qo‘poruvchilik harakatlariga tayyorgarlik ko‘rilayotgani to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qo‘lga kiritganidan so‘ng Hindistonning Nyu-Deli shahri va unga yaqin Rajastxan shtati xavfsizlik kuchlari tayyor holatga keltirildi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, IShID jangarilari Hindistonda yaqinlashib kelayotgan Divali bayramlar mavsumidan foydalangan holda odamlar gavjum joylarda portlashlar sodir etishga harakat qiladi. Razvedka ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun 12-13 nafar qurolli jangari Arab dengizi orqali suzib o‘tib, Gujarot shtati hududiga kirib kelishgan va Hindiston poytaxti sari yo‘l olgan.

Shu munosabat bilan strategik muhim obektlar, jumladan, aeroportlar va elektr stansiyalarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Shaharda tezkor qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Top