22:03 / 30.09.2015
3649

OAV: Suriya va Rossiya Harbiy-havo kuchlari hamkorlikda amaliyot o‘tkazishdi

Rossiya Harbiy-havo kuchlari suriyalik harbiylar bilan birgalikda amaliyotlar ztkazishdi. Bu haqda Reyter nashri mahalliy telekanallardan biriga asoslanib, xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, bu harbiy amaliyot davomida IShID pozitsiyalariga zarbalar yo‘llangan.

"Xalqaro terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Suriya va Rossiya o‘rtasidagi maxsus kelishuv doirasida Rossiya harbiy samolyotlari Suriya Harbiy-havo kuchlari bilan hamkorlikda jangarilarning bazalariga bir necha marta aviazarbalar yo‘lladi", deydi manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, havo zarbalari Homs va Hama viloyatlarida amalga oshirilgan.

Top