00:25 / 30.09.2015
1943

OAV: Twitter ommaviy xabarlarda 140 harflik cheklovni olib tashlashni rejalashtirmoqda

Twitter kompaniyasi foydalanuvchilarga o‘z mikrobloglarida hozirda amalda bo‘lgan 140 harflik cheklovdan oshadigan xabarlarni chop etishga imkon beruvchi yangi dastur ishlab chiqmoqda. Bu haqda kompaniya rejalaridan xabardor bo‘lgan manbalarga iqtibos keltirgan holda re/code axborot portali ma'lum qildi.

Biroq bu yangilik qanday amalga oshirilishi noma'lum bo‘lib qolmoqda. Ayni paytda foydalanuvchilar bu cheklovni chetki xizmatlar, xususan, matnning kerakli qismini ajratib, uni mikroblogda surat shaklida chop etishga imkon beruvchi xizmatlar yordamida chetlab o‘tishlari mumkin.

Avvalroq Twitter shaxsiy xabarlarda 140 harflik cheklovni bekor qilgani ma'lum qilingandi.

Top