20:53 / 30.09.2015
4638

Putin: biz Suriya mojarosiga bosh bilan botishni istamaymiz

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Suriya mojarosiga katta miqyosda kirishishni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

“Biz bu mojaroga boshimiz bilan botishni istamaymiz”, deb aytdi Putin.

Putin Suriyadagi ixtilofning paydo bo‘lishiga “andishasiz tashqi aralashuv” asosiy sabab bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.

Putin Yevropa Ittifoqi, Rossiya va Sobiq ittifoq davlatlari fuqarolari “IShID” jangarilari safiga qo‘shilgani va ular Suriyada muvaffaqiyat qozonsalar, barchalarining o‘z davlatlariga qaytishini ta'kidladi.

Rossiya Federatsiya kengashi Putinning xorijda harbiy operatsiyalar o‘tkazishga ruxsat berilishi bo‘yicha murojaatini bir ovozdan ma'qulladi. Rossiyaga harbiy ko‘mak ko‘rsatilishini so‘rab Suriya prezidenti Bashar Asad murojaat qilgan.
Suriyaning rasmiy murojaatidan keyin Rossiya Suriyaga harbiy-havo kuchlari bo‘linmalarini yuborgan.

Top