18:09 / 30.09.2015
2426

UzReport TV telekanalida "MYu" va "Volfsburg" o‘yini Georgiy Cherdantsev tomonidan sharhlanadi

Bugun UzReport TV telekanali Yevropa Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” – “Volfsburg” o‘yinini “jonli” efirda namoyish qiladi.

Uchrashuvni qiziqarli tarzda muxlislar e'tiboriga havola qilishda sharhlovchining o‘rni katta ekanini inobatga olgan holda, UzReport TV mashhur sport jurnalisti, Rossiyaning “NTV PLYuS” telekanali sharhlovchisi Georgiy Cherdantsevni maxsus taklif qildi.

Georgiy Cherdantsev – taniqli futbol sharhlovchisi, ko‘plab sportga doir ko‘rsatuvlarning muallifi va boshlovchisi, sport jurnalistikasi yo‘nalishidagi bir qator nufuzli sovrinlar sohibi hisoblanadi.

U 2005 yilda Rossiyada “Eng yaxshi sport jurnalisti” deb tan olingan. 2011 va 2014 yillarda “Oltin mikrofon”ni qo‘lga kiritgan. 2012 yilda “Futbol targ‘ibotiga qo‘shgan hissasi uchun” mukofotlangan.

Georgiy Cherdantsev bugun bo‘lib o‘tadigan “Manchester Yunayted” – “Volfsburg” o‘yinini Otabek Jo‘rayev bilan birgalikda sharhlab boradi.

Top