18:04 / 30.09.2015
2398

Xitoy janubida ro‘y bergan ketma-ket portlashlar qurbonlari soni 6 nafarga yetdi

Guansi-Chjuan avtonom tumani (Xitoy janubi)dagi Lyuchjou shahar okrugi Lyuchen uyezdida sodir bo‘lgan ketma-ket portlashlar natijasida hayotdan ko‘z yumganlar soni olti nafarga yetdi. Xinhua agentligining xabar berishicha, besh kishi voqea joyida, yana bir kishi esa shifoxonaga eltish chog‘ida hayotdan ko‘z yumgan.

So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, tezkor yetkazib berish posilkalariga o‘rnatilgan 15ta portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. Portlashlar sodir bo‘lgan joylar orasida savdo markazi, qamoqxona, Dapu posyolkasi ma'muriyati, supermarket, avtoturargoh, shifoxona va bozor mavjud. Xabar qilinishicha, portlash natijasida Dapudagi bir binoga shikast yetgan, bir qancha avtomobillar zararlangan.

Jarohat olganlarning aniq soni e'lon qilinmadi, avvalroq esa ularning 13 nafar ekani xabar berilgan edi. Politsiya hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Top