17:33 / 01.10.2015
4633

AQShda elektron sigaretasini quvvatlantirish vaqtida jabrlangan fuqaroga 1,9 mln dollar tovon puli to‘landi

AQSh g‘arbidagi Riversayd okrugi oliy sudi Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi fuqaroga elektron sigaretalarni zaryadlovchi qurilmalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar tomonidan 1,9 million dollar miqdoridagi tovon puli to‘lanishi bo‘yicha qaror chiqardi. Assosheyted Press nashrida yozilishicha, bunga jabrlanuvchining kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot tufayli kuyish jarohati olgani sabab bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, bu sud ishida VapCigs, Cartons 2 Go va Tobacco Expo kompaniyalari javobgarlikka tortilgan.

Aniqlik kiritilishicha, bu sud ishi 2013 yilda sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha bo‘lib o‘tgan. O‘sha yili jabrlanuvchi Jyennifer Rays o‘z turmush o‘rtog‘i bilan aeroportdaligida o‘z elektron sigaretini quvvatlab olish uchun metall qurilmaga yaqinlashgan va quvvatlantirish jarayonida yong‘in kelib chiqqan. Uning rafiqi Ksave Rays vaqtida yetib kelib olovni o‘chirgan, Rays xonim bu vaziyatda ikkinchi darajali kuchishga uchragan.

Natijada, ushbu juftlik Braziliya safarini qoldirishga majbur bo‘lgan. Jyennifer Rays shifoxonada davolanib chiqqan.

Top