07:49 / 01.10.2015
5237

Dmitriy Peskov: Rossiya AQShdan Suriya osmonini bo‘shatishni talab qilmagan

Kremlda Rossiya go‘yoki AQShdan Suriya osmonini bo‘shatishni talab qilgani haqidagi xabarlar nomaqbul ekanligi ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi. 

“Vaziyatni bunday ta'riflash umuman noto‘g‘ri. Gap bu yerda talablar haqida bormayapti, albatta”, deb aytdi Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Peskov AQSh va “IShID”ga qarshi koalitsion kurashga aloqador bo‘lgan boshqa davlatlar bilan axboriy hamkorlik amalga oshirilishini ta'kidlab o‘tdi.

Oq uy vakili Josh Ernestning aytishicha, AQSh rahbariyati Rossiyadan AQShning Suriyada jangarilarga qarshi aviazarbalar berishni to‘xtatishi bo‘yicha iltimoslar olgan.

Top