22:10 / 01.10.2015
4342

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisining ilk kunida O‘zbekiston vakillari 2ta medal oldi

Toshkentda start olgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri turnirining dastlabki kun bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.

Birinchi kundan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 2ta medalni qo‘lga kiritishdi. Har ikki medal ham 60 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar tomonidan olindi.

Sharofiddin Lutfullayev finalda yaponiyalik Yuma Oshima bilan bahs olib borib, muddatidan avval mag‘lubiyatga uchradi. Diyorbek O‘rozboyev esa bronza medali uchun turkiyalik Bekir O‘zlu bilan bahs olib borishi kerak edi. Ammo turk dzyudochisi jarohati sabab bellashuvdan bosh tortdi va O‘rozboyev jangsiz g‘alaba qildi.

Birinchi kun yakunidan so‘ng medallar jamg‘arish bo‘yicha O‘zbekiston vakillari umumjamoa hisobida yettinchi o‘rinni band etishdi. Yaponiya terma jamoasi 60 va 66 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan sportchilarning muvaffaqiyatidan keyin 2ta oltin medal bilan yakka peshqadam bo‘lib turishibdi.

Top