08:36 / 01.10.2015
4255

YeChL, D guruhi: «Yuventus» «Sevilya»ni, «Manchester Siti» «Borussiya»ni yengdi

30 sentabr oqshomida Yevropa Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Yuventus" hamda "Sevilya" klublari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Dastlab birinchi o‘yinning 41-daqiqasida Alvaro Morata hisobni ochgan bo‘lsa, 87-daqiqaga kelib Zaza Riko darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritib, yakuniy 2:0 natijasini o‘rnatdi.
Endilikda turinliklar 2 o‘yindan 6 ochko ishlagan holda guruhda peshqadamlik qilmoqda.

Yuventus  – Sevilya  2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 41 Morata, 2:0 – 87 Dzadza.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Evra, Bardzali, Kellini, Xedira (Aleks Sandro, 76), Ernanes, Pogba, Kuadrado, Dibala (Rugani, 89), Morata (Dzadza, 80).
Sevilya – Riko, Andreolli, Tremulinas, Koke, Kolodzeychak, Nzonzi (Iborra, 66), Kryxovyak, Kron-Deli, Reyyes (Munos, 79), Konoplyanka, Gameyro (Immobile, 65).
Ogohlantirishlar: Koke (78).

Guruhning yana bir uchrashuvi Germaniyada o‘tkazildi. Ayni vaqtda o‘z muxlislarini ko‘p ranjitayotgan "Borussiya M" bu ishni yana bir bor takrorladi. Jamoa o‘z uyida "Manchester Siti"ga imkoniyatni boy berdi 1:2.

Borussiya M – Manchester Siti 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 54 Shtindl, 1:1 – 65 Otamendi, 1:2 – 90, penalti Aguero.
Borussiya M – Zommer, Dominges, Kristensen, Vendt, Korb (Traore, 78), Xerrmann (Xan, 72), Jonson, Jaka, Daxud (Nordtveyt, 84), Shtindl, Raffael.
Manchester Siti – Xart, Demichelis, Kolarov, Sanya, Otamendi, Ture (Fernando, 46), Fernandino, Silva (Navas, 65), de Bryuyne, Sterling (Sabaleta, 90), Aguero.
Ogohlantirishlar: Otamendi (19), Shtindl (37), Korb (67), Dominges (87).

Top