21:01 / 01.10.2015
7196

Forbes eng boy amerikalik xonimlar ro‘yxatini e'lon qildi

Forbes jurnali eng boy amerikalik ayollar ro‘yxatini e'lon qildi. Ro‘yxatdan joy olgan ayollarning besh nafari erlari yordamida shu darajaga yetib kelishgan, faqat yetti nafari esa self-made-tadbirkor sifatida mustaqil ana shu boylikka ega bo‘lgan.

Ro‘yxatdagilarning o‘rtacha yoshi 65 da. Jurnalda nomi keltirib o‘tilgan xonimlarning umumiy pul miqdori 290 milliard dollarni tashkil eatdi.

Ro‘yxatni Wal-Mart chakan savdo imperiyasi merosxo‘ri, Uolton oilasi a'zosi Elis Uolton 32 mlrd dollar puli bilan boshqarib turibdi. Ikkinchi o‘rinda esa uning xolasi — Kristi Uolton (30,2 mlrd) turibdi. Uchinchi o‘rinda esa Mars qandolatchilik imperiyasi asoschisining nabirasi Jaklin Mars 23,4 mlrd dollar mablag‘i bilan egallab turibdi.Ro‘yxatning top beshtaligiga Stiv Jobsning bevasi Lorin Pauell Jobs (19,1 mlrd dollar), Cox Enterprises kompaniyasining monitorchi aksioneri Enn Koks Chambers 18 mlrd dollar bilan kirishgan.

Top