15:37 / 01.10.2015
5935

Hindistonda leopardning boshi suv idishiga tiqilib qoldi

Hindistonda chanqog‘iga chiday olmagan leopardning boshi idishga tiqilib qoldi, deya xabar bermoqda mahalliy OAV.
Hindistonning Rajastxan shtatidagi Sardul Xeda qishlog‘iga kirib borgan jonivorning boshi suv ichmoqchi bo‘lgan idishga tiqilib qolgan.
O‘rmon xo‘jaligi xodimlari bir necha soat davomida jonivorni tinchlantirib, uning boshidagi idishni xavfsiz usulda sug‘urib olish bilan mashg‘ul bo‘lishdi.
“Erkak leopardning yoshi uchda” - dedi o‘rmon xo‘jaligi xizmatchisi Kapil Sharma NDTV telekanaliga bergan intervyusida. – Ayni paytda u kuzatuv ostida. Jonivor veterinarlar ko‘rigidan o‘tdi, uning salomatligi joyidaga o‘xshaydi”.
Leopard yana o‘rmonga qo‘yib yuborildi.

Top