17:57 / 01.10.2015
4242

NASA 2020 yilning asosiy vazifalarini aniqlashtirib oldi

NASA kosmik agentligi rahbariyati 2020 yilgacha amalga oshiriladigan 5ta yangi missiyaning loyihasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, barcha missiyalar Quyosh tizimi va Yer sayyorasi shakllanishi haqidagi ma'lumotlarni to‘plashga qaratiladi. Bular orasida: Venera atmosferasini o‘rganish missiyasi (Deep Atmosphere Venus Investigation of Noble gases, Chemistry, and Imaging, DAVINCI); Venera topografik xaritasini tuzish va uning po‘stlog‘i tarkibini o‘rganish missiyasi (The Venus Emissivity, Radio Science, InSAR, Topography, and Spectroscopy mission, VERITAS); Psixeya asteroidini o‘rganish missiyasi; yer atrofi obektlarini o‘rganish missiyasi va Yupiterning Troyan asteroidlarini o‘rganish bo‘yicha Lucy loyihasi.

Top