09:45 / 01.10.2015
4331

Nexus 5X – LG va Google hamkorligida ishlab chiqilgan eng ilg‘or Nexus smartfoni

LGElectronics (LG) va Google kompaniyalari hamkorlikda olib borilgan ishlarining navbatdagi natijasi – Google`ning eng oxirgi Android 6.0 Marshmallow operatsion sistemasida ishlovchi Nexus 5X smartfonini rasman namoyish etishdi. Mazkur yangi smartfonda Google va LGning katta taassurot uyg‘otuvchi unumdorlik, tasvirlarning yuqori sifati va takomillashtirilgan xavfsizlik tizimi bo‘yicha eng yaxshi nou-xaulari o‘z mujassamini topgan.
Nexus 5X 5.2” diagonalli FullHDIPS displeyi bilan ta'minlangan bo‘lib, har bir dyumda (1 dyum – 2,54 sm) piksellar zichligi 423 nuqtachani tashkil etadi. Ilg‘or In-CellTouch texnologiyasi esa quyosh nurlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushganda ham yuqori sifatdagi tasvirlarni olishga imkon tug‘diradi. Talab qilingan har qanday vazifaning to‘xtalishlarsiz va yengil bajarilishida QualcommSnapdragon 808 protsessori beminnat xizmat qiladi. E'tiborlisi, smartfonning quvvat olishi uchun soatlab kutish shart emas, USBli elektr quvvatlash uskunasi yordamida 10 daqiqa ichida jamlangan energiya smartfonning to‘rt soat avtonom ravishda ishlashini ta'minlaydi.

Har qanday sharoitda beqiyos sifatga ega tasvirlar
Nexus 5X smartfoni 12.3 MP (asosiy) va 5 MP (old) kameralar bilan ta'minlangan. 1.55 mkm va 1.4 mkm sensorlari avvalgi Nexus qurilmalariga nisbatan ko‘proq yorug‘likni qamrab olib, olingan fotosuratlar hattoki ideal yoritilmagan sharoitlarda ham yorqin, tiniq va aniq tasvirni namoyon etadi. Nexus 5X`ning 4K formatidagi videoyozuvlarni qayd qilish xususiyatiga egaligi bilan bir qatorda, sekinlashtirilgan harakatlar hodisasi(slow-motion)ni olish uchun ham mo‘ljallangan. Bu kabi xususiyatlar uni Nexus qurilmalari ichida bugungi kundagi eng ilg‘or multimediya uskunasi ekanini tasdiqlaydi.


Birgina urinishda ishonchli xavfsizlik
NexusImprint barmoq izlarini aniqlash tizimi yordamida Nexus 5X xavfsizligi yanada kuchaytirilgan. Barmoqlar smartfon panelining orqa tomoniga qulay qilib joylashtirilgan datchikka tabiiy ravishda tegadi. Unga bir marta tegish bilan lahzalar ichida smartfon yoqilib, qulfdan yechiladi. AQShda yashovchi qurilma egalari esa AndroidPay`ga ulangan holda mamlakatdagi minglab do‘konlarda o‘z xaridlarini amalga oshirishlari mumkin.
“Biz Nexus smartfonlar oilasidagi eng yaxshi qurilmamiz – Nexus 5X ustida ishlashda Google bilan hamkorlik qilganimizdan minnatdormiz, – dedi LG Electronics Mobile Communications prezidenti Juno Cho (Juno Cho). – Biz Google`ning eng zamonaviy operatsion sistemalarini eng yaxshi uskunalar bilan ta'minlab borishga harakat qilamiz va hamkorlikdagi muvaffaqiyatlarimizdan faxrlanamiz”.
“Muxlislarimizning yangi favorit modeli – Nexus 5X`ni ishlab chiqishda LG bilan yana bir marta hamkorlik qilganimiz hamda bizning eng zamonaviy va yuqori unumdorlikka ega Android 6.0 Marshmallow operatsion sistemamizni namoyish etayotganimizdan xursandmiz”, – dedi Google kompaniyasining Android, Chromecast va Chrome OS texnik ta'minoti bo‘yicha vitse-prezidenti Xirshi Lokxaymer.
Qo‘shma Shtatlar, Kanada, Britaniya, Irlandiya, Koreya va Yaponiyada GoogleStore (store.google.com) orqali Nexus 5X smartfonlariga buyurtma berish boshlandi. Ularni o‘z egalariga yetkazib berish esa oktabr oyi oxirlaridan yo‘lga qo‘yiladi. 19 oktabrdan esa Nexus 5X dunyoning qariyb 40 mamlakatidagi boshqa bozorlarida ham savdoga chiqariladi. To‘rtinchi chorakdan qurilmani GoogleStore yoki mahalliy sakana savdo do‘konlaridan sotib olish mumkin. Smartfon narxlari va savdosi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar yaqin haftalarda har bir davlatda alohida e'lon qilinadi.

Asosiy xususiyatlari:

Protsessor 1.8 GGts Qualcomm® Snapdragon™ 808
Operatsion sistema: Android 6.0 Marshmallow
Displey: 5.2-dyuym FullHDIPS (1920 x 1080 / har dyumda 423 nuqtacha)
Xotira: RAM – 2 GB LPDDR3 / ROM – 16 yoki 32 GB eMMC
Kamera: asosiy – 12.3 MP F2.0 tuynugi bilan; old – 5 MPs F2.0 tuynugi bilan
Akkumulyator: 2700 mAs (ichki)
Hajmi:147 x 72.6 x 7.9 mm
Vazni: 136 g
Tarmoq: LTE-A Cat 6
Ulanish imkoniyatlari: Wi-Fi 802.11 a, b, g, n, ac / Bluetooth 4.2 / NFC / S toifali USB
Rangi: karbon / kvars / muz
Boshqa parametrlari: 4K tasvirga olish/ ikkita chaqnoq/ infraqizil lazerli avtofokus / barmoq izlari datchigi

Top