22:04 / 01.10.2015
5343

Oliy liganing 24-turidan keyin "Paxtakor" va "Lokomotiv" orasidagi farq 2 ochkoni tashkil etmoqda

30 sentabr va 1 oktabr kunlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 24-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Birinchi kungi o‘yinlarda turnir peshqadami "Paxtakor" jamoasi Farg‘onada "Neftchi" mehmoni bo‘ldi va 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu mag‘lubiyatdan keyin "Paxtakor" hisobidagi ochkolar soni 60taligicha qoldi. "Neftchi" bu g‘alabadan keyin 48 ochko bilan 4-o‘ringa joylashgan.

"Neftchi" - "Paxtakor" — 3:2
Gollar: Umidjon Qodirov (17), Sherzod Hakimov (20), Bobojonov (79) - Oraxovats (28), Sergeyev (85 pen)
"Neftchi": Cheremisin, Ermatov, Po‘latov, Kashkaval, Rahmonov, Mehmonov, Rasulov, Qodirov, Saidov, Ahmedov, Hakimov
"Paxtakor": Lobanov, Andreyev, Krimets, Oraxovats, Hoshimov, Ismatullayev, Sohibov, Karimov, Maxaradze, Pardayev, Sergeyev.

Lokomotiv - Olmaliq
Toshkentning yana bir jamoasi "Lokomotiv" esa o‘z maydonida "Olmaliq"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Endilikda Vadim Abramov shogirdlari hisobida 58 ochko bor va jamoa "Paxtakor"dan 2 ochko ortda qolgan holda turnir jadvalining ikkinchi o‘rnida bormoqda.

"Lokomotiv" - "Olmaliq" — 4:1
Gollar: Mo‘ydin Mamazulumov (8), Oleg Zoteyev (63), Temur Kapadze (67), Marat Bikmayev (88) - Nemanya Yovanovich (36 pen)

Mash'al - Bunyodkor
Toshkentning uchinchi raqamli jamoasi "Bunyodkor" 24-turda Qashqadaryoning "Mash'al" jamoasi maydoniga safar qildi va 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatli o‘yinni o‘tkazdi. Mavsum yakunlanishiga 4ta tur qolganida "qaldirg‘ochlar" 47 ochko bilan 5-o‘rinda borishmoqda.

"Mash'al" - "Bunyodkor" — 3:2
Gollar: Mikita Bukatkin (12), Siroj Hamroyev (54 pen), Zafar To‘rayev (75) - Shaker Zuagi (10 pen), Eldor Shomurodov (30)

Metallurg - Nasaf
Qarshining "Nasaf" jamoasi esa Bekobodda mezbonlar jamoasi "Metallurg"ni kichik hisob bilan mag‘lub etdi va o‘zining uchinchi o‘rnini mustahkamladi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari hisobida 54 ochko to‘plangan.
"Metallurg" - "Nasaf" — 0:1
Gol: Artur Gevorkyan (19)


1 oktabr
“Navbahor” – “Andijon” 1:0

Gol: 1:0 - 43 A. Ahmedov.

 

“Sho‘rtan” – “Qo‘qon-1912” 2:2

Gollar: 1:0 - 9 S. Jo‘rayev, 1:1 - 22 I. Golban, 2:1 - 56 I Taran, 2:2 - 80 O Mamajonov.

 

“So‘g‘diyona” – “Dinamo” 1:2

Gollar: 0:1 - 5 K. Murzoyev, 0:2 - 34 O. Zokirov, 1:2 - 56 B. Qosimov,

 

“Qizilqum” – “Buxoro” 1:0

Gol: 1:0 - 85 B. Vaxobov.

Top