12:05 / 01.10.2015
4348

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar natijasida 2 kishi halok bo‘ldi

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 276ta yong‘in qayd etildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.

Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 3 nafar fuqaro tan jarohatlari olishgan va 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Ushbu yong‘inlarda 1 mlrd. 302 mln. so‘mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 1 mlrd. 33 mln. so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Toshkent viloyati Parkent tumanida yashovchi fuqaro O.Olimovning uyida yosh bolalarning sho‘xligi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 70 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi fuqaro A.Baxtiyorovning uyida ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 85 kv. metr maydonda tom qismi va g‘amlab qo‘yilgan xashak yonib zararlangan.

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro N.Anvarovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 100 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy-jihozlari yonib zararlangan.

Top