15:16 / 01.10.2015
4452

Peskov: Rossiya teraktlarning oldini olish borasida choralar ko‘rmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta'kidlashicha, maxsus xizmatlar mamlakatda har qanday teraktlarning oldini olish borasida choralar ko‘rib kelmoqda.

Suriyada harbiy amaliyotning ochilishi munosabati bilan bunday harakatlarni sodir etishga urinishlar bo‘lishi mumkin, dedi u RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.
“Dunyoning barcha davlatlari doimiy ravishda terrorchilikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurash olib borib keladi, - dedi u.

– Ular orasida Rossiya ham bor. Bizning qonunchiligimiz bo‘yicha milliy aksilterror qo‘mitasi, federal xavfsizlik xizmati tashkil etilgan bo‘lib, ular terrorchilikka qarshi kurash uchun javob beradi. Ular doimiy ravishda bunday xatarning oldini olish yo‘lida ish olib boradi”.

Top