10:47 / 01.10.2015
3935

Ronaldu YeChLda 22-«dubl»ga erishdi va Messidan o‘tib ketdi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa chempionlar ligasining 2-turida «Malmyo» darvozasiga 2ta gol urdi (2:0).

Shu tariqa, 30 yoshli portugaliyalik futbolchi musobaqadagi o‘zining 22-"dubl"ini rasmiylashtirdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha "Barselona" hujumchisi Lionel Messidan o‘tib ketdi. Uchinchi natija Raulga tegishli – 14ta "dubl".

Filippo Inzagi 12 marta YeChL bahslarida ikkitadan gol urgan bo‘lsa, Rud van Nistelroy – 11, Terri Anri – 10, Zlatan Ibrohimovich va Karim Benzema hisobida 9tadan "dubl" mavjud.

Eslatib o‘tamiz, "Malmyo"ga qarshi o‘yindagi gollar tufayli Ronaldu faoliyatidagi gollari sonini 500tadan oshirdi hamda "Real" tarixidagi eng yaxshi to‘purar Raulga yetib oldi.

Top