12:23 / 01.10.2015
7200

Rossiya Savchenko Ukrainaga qanday shartlarda topshirilishini aytdi

Rossiya adliya vazirligi Savchenko Ukrainaga qanday shartlarda topshirilishini aytdi. Bu haqda “Korrespondent” gazetasi yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ukrainalik faol Nadejda Savchenko Rossiyada qo‘lga olinib, sud hukmiga ko‘ra qamalgan edi. Endilikda Rossiya adliya vazirligi uning Donbassda qo‘lga olingan rossiyaliklarga almashtirilishi mumkinligini aytmoqda.

Ta'kidlanishicha, Savchenkoning Ukrainaga qaytarilishi masalasi Ukraina tomonidan Rossiya sudi hukmining tan olinishi hamda jazoning vatanida o‘talishi kafolatlangan taqdirdagina ko‘rib chiqilishi mumkin.
Hozircha Ukraina tomoni bu taklifga javob bergani yo‘q.

Top