11:22 / 01.10.2015
4867

Tojikistonda Nazarzodaning tarafdorlariga qarshi amaliyotlar davom ettirilmoqda

Tojikiston harbiylari marhum isyonchi general Abduhalim Nazarzodaning tarafdorlarini yo‘q qilish operatsiyalarini davom ettirmoqda.

"Nazarzoda guruhida bo‘lgan 2 nafar terrorist Dushanbe shahriga 20 km masofadagi Simigancha hududida o‘ldirildi", deya ma'lum qilingan Tojikiston IIV saytida.

Biroz oldinroq, 4 sentabr kuni general Nazarzoda tomonidan amalga oshirilgan davlat to‘ntarilishiga urinishga Tojikiston Islom uyonish partiyasining aloqadorliga aniqlanib, partiyaning mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatishi taqiqlab qo‘yilgandi.

Top