21:13 / 02.10.2015
4466

AQSh Kongressida Eron barcha sud qarorlarini bajarmagunicha undan sanksiyalar olinishi taqiqlab qo‘yildi

AQSh vakillar palatasi 1 oktabrda Oq uyga Eron unga qarshi avval berilgan barcha da'volar bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaguncha undan qandaydir sanksiyalarni olishini taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi.

Qonun loyihasi matniga ko‘ra, Eron 2000 yil 4 maydan 2015 yilning 22 mayigacha bo‘lgan davr mobaynida unga qarshi chiqarilgan barcha sud qarorlarini bajarishi majbur. Bu amalga oshmaguncha, Barak Obama avval kiritilgan sanksiyalarni bekor qila olmaydi. Boshqacha aytganda, bu qonun loyihasi AQShga Eron yadroviy dasturi bo‘yicha “halqaro vositachilar oltiligi” va Eron o‘rtasidagi Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvning o‘z qismini bajarishiga ruxsat bermaydi.

Shu kunning o‘zida senatning bank qo‘mitasi 40 yildan beri amalda bo‘lgan AQSh neftini eksport qilishga embargoni bekor qilish haqidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Unga kongressning quyi palatasida qabul qilingan hujjatdagidek tuzatma kiritildi.

Top