16:45 / 02.10.2015
4177

"Barselona" qishki transferlar vaqtida Yarmolenkoni sotib olishni rejalashtirmoqda

“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike qishki transferlar vaqtida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilganligini aytib o‘tgan.

Shu sababli kataloniyaliklar klubi hozirda Kiyevning “Dinamo” hujumchisi Andrey Yarmolenkoga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Luis Enrike yarimhimoyachiga hujumda ham o‘ynay olish kerakligini ta'kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transferda Dortmundning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan bilan shartnoma imzolash yaqin kelgan edi, lekin Luis Enrike bu shartnomadan bosh tortgan.

Ma'lumot uchun, Yarmolenkoning "Dinamo" bilan shartnomasi 2016 yilning yoziga qadar tuzilgan, uning transfer summasi 24,5 mln yevro sifatida belgilangan.

Bundan oldinroq, futbolchi "Arsenal"dan bo‘lgan taklifni rad etgan, "Barselona"da o‘ynash orzusida ekanini aytgandi.

25 avgust kuni "Barselona" Yarmolenkoni Pedroga o‘rinbosar sifatida xarid qilishni rejalashtirgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top