17:10 / 02.10.2015
7027

Jonli efir vaqtida Fox reportyorini mashina urib yubordi

Fox Sports telekanali muxbiri Devid Medrano Morani jonli efir vaqtida avtomobil turtib yubordi. Hodisa Meksikadagi Gvadalaxara aeroportida Mora Chivas va Club America futbol jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida xabar berilayotgan vaqtda sodir bo‘ldi.

Dastur boshlovchisi Aldo Sanches studiyada Mora bilan videoaloqa orqali bog‘langanidan so‘ng bir necha soniyalardan so‘ng reportyor ekrandan g‘oyib bo‘lib qoldi.

Telekanal vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida jurnalistga hech qanday jarohat yetmagan, biroq u qattiq qo‘rqib ketgan.

Top