15:29 / 02.10.2015
2751

Moskva avtomobil halqa yo‘lini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan yo‘lovchini mashina urib ketdi

Moskva shahri politsiyasi 2 oktabr kuniga o‘tar kechasi halqa yo‘lida mashina urib ketishi natijasida halok bo‘lgan yo‘lovchi ishi bo‘yicha ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, noma'lum shaxs yo‘lning Novogireyevo tumani hududidan o‘tgan qismini kesib o‘tayotganida Toyota rusumli mashina tomonidan urib yuborilgan. Qattiq zarbadan ikkinchi yo‘lakka uchib tushgan yo‘lovchi boshqa bir mashina «Gazel» g‘ildiraklari ostida qolgan.

Olingan og‘ir jarohatlar tufayli yoshi taxminan 30-35da bo‘lgan shaxs voqea joyida olamdan o‘tgan.
Marhumning shaxsini aniqlash uchun harakat olib borilmoqda.

Top