16:14 / 02.10.2015
5864

Navoiy mashinasozlik zavodi oziq-ovqat uskunalari ishlab chiqara boshlaydi

O‘zbekistonning Navoiy tog‘ metallurgiya kombinatiga tegishli Navoiy mashinasozlik zavodi 2015 yil oxiriga qadar meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan uskunalar to‘plamini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda korxona vakillariga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, zavod mutaxassislari ishlab chiqariladigan mahsulotlar konstruksiyalarini mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda o‘zlari ishlab chiqishgan.

Bugungi kunda xorijdan import qilinayotgan muqobillar narx va murakkabligi jihatidan mahalliy mahsulotga dosh bera olmasligi aytilmoqda. Ta'kidlanishicha, xorijiy ishlab chiqaruvchilarning yetkazmalari O‘zbekiston iqlimiga va sharoitlariga moslashmagan.
Bir necha yildan so‘ng mahalliylashtirish darajasi amaldaig 30-35 foizdan 100 foizga yetkazilishi ma'lum qilindi.

Top