23:04 / 02.10.2015
5569

Olland Putin bilan Suriya masalasida gaplashib oldi

2 oktabr, juma kuni Fransiya prezidenti Fransua Olland “Normand to‘rtligi” doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Suriya masalasida gaplashib oldi. Bu haqda Olland atrofidagi manbalarga tayanib, Reuters va dpa xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, Putin va Olland Fransiya tomonidan ilgari surilgan Suriya masalasida Rossiya bilan hamkorlik qilishning uch sharti bo‘yicha suhbatlashishgan.
Rasmiy Parijning istagi bo‘yicha, zarbalar faqatgina IShID va “Al Qoida” guruhlariga qaratilishi kerak. Boshqa guruhlarga zarba berilmaydi, tinch aholi xavfsizligi ta'minlanadi va Bashar Asadni hokimiyat tepasidan ketkazishni o‘tish jarayoni boshlanadi.
Uchrashuv Putin va Germaniya kansleri va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko uchrashuvlaridan so‘ng bo‘lib o‘tdi va bir soat davom etdi.

Top