16:16 / 02.10.2015
6569

O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib gaz hisobining avtomatlashgan tizimini joriy qiladi

Toshkent shahri va viloyatida 2016 yil oxiriga qadar tabiiy gaz iste'moli hisobining avtomatlashtirilgan tizimi joriy qilinadi. Bu haqda “O‘ztransgaz”dagi manbalariga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, O‘zbekiston o‘z gaz tarmog‘ini bunday tizimga o‘tkazadigan birinchi davlat bo‘ladi.

“Hatto Germaniya va Buyuk Britaniya singari rivojlangan davlatlar ham ushbu tizimni hozircha kichik tajriba hududlarida joriy qilishdi. O‘zbekiston esa 2020 yil oxiriga qadar to‘laligicha shunday tizimga o‘tmoqchi”, - deyiladi xabarnomada.

Top