15:53 / 02.10.2015
2693

O‘zbekiston TIVda Singapur va Gruziya elchilari qabul qilindi

2015 yilning 2 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Singapur Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Singapurda) Zulkifli bin Baharuddin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida ikki tomon munosabatlari va xalqaro kun tartibning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekistonga tashrif buyurgan elchi O‘zbekistonning qator vazirlik va idoralari hamda Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvlar samarali bo‘lganligini qayd etdi. Ushbu uchrashuvlarda hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda aloqalarni izchil rivojlantirishga ikki tomon ham tayyor ekanligi ta'kidlandi.

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Gruziyaning favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Jgenti bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbat chog‘ida turli darajada bo‘lajak O‘zbekiston-Gruziya uchrashuvlari nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning amaliy masalalari muhokama qilindi.

Top