19:41 / 02.10.2015
4212

Poroshenko Ollandni Ukrainaga taklif qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Fransiya rahbari Fransua Ollandga o‘z yurtiga rasmiy tashrif uyushtirishga taklif qildi. Bu haqda Poroshenkoning matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Xabarda qayd etilishicha, Olland bu taklifni qabul qilgan.

"Ukraina va Fransiya munosabatlari biz mustaqillikka erishgan kundan buyon yuqori darajadagi mustahkamlikda saqlanib kelmoqda", deya qayd etib o‘tgan Poroshenko.

Xabarda shuningdek, Parijda boshlangan "normand to‘rtligi" muzokaralaridan oldingan prezidentlar Donbass va Qrimdagi vaziyat bo‘yicha gaplashishgani aytilgan.

Top