10:21 / 02.10.2015
6130

Qirg‘iziston qo‘shnilarini dialogga chaqirdi

Bugungi kunda Markaziy Osiyoning besh davlati o‘rtasida savdo, iqtisodiyot, chegaralar, energetika, suvdan foydalanish, transport aloqalari, ekologiya va iqlim o‘zgarishi masalalarida muzokaralar olib borishga qaratilgan maydon yaratish eng muhim ehtiyojga aylandi.

Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishi chog‘ida bayonot berdi.
“Qirg‘iziston, o‘z milliy tajribasidan kelib chiqqan holda, har qanday davlat o‘z mustaqil taraqqiyot yo‘liga haqli ekanligi prinsipidan kelib chiqadi, - dedi u.

– Bunday huquq garantiyalari rivojlanayotgan davlatlarning aksariyati uchun zarurdir, ayniqsa dengizga chiqa olmaydigan yoki iqlim o‘zgarishlari natijasida tahdid ostida qolayotgan davlatlar”.

Top