14:11 / 02.10.2015
6464

Reuters: 7ta davlat Rossiyani IShIDga qarshi kurashga diqqat qaratishga chaqirdi

Vashington va uning xalqaro koalitsiya bo‘yicha ittifoqchilari e'lon qilgan qo‘shma bayonotda Rossiya Suriya muxolifati pozitsiyalariga zarba berishni to‘xtatib, IShIDga qarshi kurashga butun diqqat-eʼtiborni qaratishga chaqirildi. Hujjat Turkiya TIV saytida joylashtirildi.

Hujjatda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Qatar va Saudiya Arabistoni Rossiyaning Suriya ixtilofiga aralashishi munosabati bilan xavotirda ekanligini bildirgan. Ittifoqchilar Xama, Xums va Idlibdagi aviazarbalar muxolif kuchlarning pozitsiyalariga qarshi qaratilganini haqiqatga yaqin deb ko‘rmoqda.

1 oktabr kuni bunday bayonot Oq Uy vakili Josh Ernest tomonidan berilgan edi. Uning ta'kidlashicha, Rossiyaning tartibsiz zarbalari birinchi navbatda Moskvaning o‘ziga xavf tug‘diradi.

Top