21:56 / 02.10.2015
4576

Sandra Bullok qiz asrab oldi

Aktrisa Sandra Bullok qiz asrab oldi.Bu haqda HollywoodLife yozib o‘tdi. Jarayonning yuridik tomoni hal etilgan. Ismi xali qo‘yilmagan emizakli bola 51 yoshli aktrisaning Kaliforniya shtatidagi Los-Anjyelesdagi uyiga bordi.

Nashriyotning ma'lum qilishicha, Bullok bola asrab olishni avvaldan o‘ylab yurgan edi. Ammo u bu ishni “yaxshi inson, yaxshi erkak bilan amalga oshirmoqchi bo‘lgan”. Ma'lumot beruvchining ma'lum qilishicha, Sandra hozirgi boyfrendi Brayan Rendoll bilan aloqalari mustahkam va jiddiy bo‘lgani uchun bola asrab olishga qaror qilgan.

HollywoodLife nashrining eslatishicha, bu bola Bullok asrab olgan ikkinchi farzanddir. Uning biologik bolalari yo‘q. Yulduz besh yoshli o‘g‘li Luisning tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. U uni sobiq eri, taniqli teleboshlovchi Jyessi Jyeyms bilan birga 2010 yilda boqib olgan edi. O‘sha yilda ular ajrashishgan va Bullok o‘g‘lini yolg‘iz o‘zi tarbiyalab kelmoqda

Top