10:18 / 02.10.2015
6646

"Tolibon" Afg‘oniston hududida AQSh samolyotini urib tushirganini tan oldi

"Tolibon" jangarilari 1 oktabr kuni Afg‘onistonning sharqida AQShning Lockheed C-130 Hercules rusumli harbiy-transport samolyoti falokatga uchrashi bo‘yicha ma'suliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Agence France-Presse xabariga ko‘ra tolibonlar ushbu samolyotni urib tushirgan.

Ushbu samolyot bortida 11 kishi bo‘lgan. Shundan 6 nafari harbiy va 5 nafari oddiy fuqaro bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, samolyot yerga qulashi oqibatida uch nafar afg‘on halok bo‘lgan.

O‘z navbatida Pentagonlagilar samolyotning urib tushirilgani haqidagi ma'lumotlarni rad etmoqda.

Bundan oldinroq, Jalolobod aeroportida AQShga tegishli samolyot halokatga uchrashi tufayli 14 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Top