Yaman hukumati Eron bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi, deb ma'lum qildi Yaman televideniyesiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Taxmin qilinishicha, bu qaror Tehronning shia isyonchi-xusiychilarni qo‘llab-quvvatlashi ortida qabul qilingan.
Yamanning rasmiy hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yamanda xusiychilarga qarshi kurash olib bormoqda.
Avvalroq koalitsiya Yamanga yo‘l olgan qurol-aslaha ortilgan Eron kemasini ushlagan edi.