11:37 / 03.10.2015
4954

AQSh Saudiya Arabistonini Yamanda aviazarbalarni aniqroq berishga chaqirmoqda

AQSh Oq uyi Yamanda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya aviahujumidan keyin fuqarolar orasida yo‘qotishlar, xususan to‘y marosimida 130 nafar odam o‘lgani haqidagi xabarni tekshirishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Biz fuqarolar orasida qurbonlar borligi bo‘yicha tergov o‘tkazishga va natijalarni chop etishga chaqiramiz”, deb aytdi AQSh Milliy xavfsizligi kengashi matbuot kotibi Ned Prays.

Oq uyda bunday xabardan juda qayg‘uda ekanliklarini bildirib, koalitsiyaga aviazarbalarni berishda aniqroq nishonga olishni so‘rab murojaat qilmoqdalar.

Top