11:23 / 03.10.2015
4461

McDonald's va Coca-Cola Blatterni FIFA prezidenti lavozimidan ketishga chaqirishyapti

McDonald's va Coca-Cola kompaniyalari Yozef Blatterni FIFA prezidenti lavozimidan ketishga chaqirishyapti, deb ma'lum qilmoqda Reuters axborot agentligi.

“Blatter bilan o‘tgan har bir kun FIFA nufuziga ziyon keltirmoqda”, deyilmoqda kompaniyalar bergan bayonotda.

“FIFA tubdan va zudlik bilan isloh qilinishni talab qilmoqda va bunga faqat haqiqatan mustaqil yondashuv orqali erishish imkoni bor”, deb aytilmoqda Coca-Cola kompaniyasida.

Avvalroq Blatter 26 fevralda FIFAning yangi prezidenti saylovi bo‘lib o‘tguncha FIFA prezidenti lavozimida qolishi ma'lum qilingandi. Bu haqda Blatterning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha sobiq maslahatchisi Klaus Shtolker ma'lum qilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Shveytsariya bosh prokuraturasi Blatterga qarshi jinoiy ish ochgan. Blatter mas'uliyatsizlik va talon-tarojlikda ayblanmoqda.

Top