10:56 / 03.10.2015
6432

Michiganlik fermer bug‘doy dalasida mamont suyagini topib oldi

Michigan shtatida yashovchi Jyeyms Bristl ismli fermer o‘ziga tegishli bug‘doy dalasida ishlayotganida mamontga tegishli 1 m uzunlikdagi suyakni topib oldi. Bu haqda ABC portali yozmoqda.

Bristl Michigan universiteti qoshidagi paleontologiya muzeyiga qo‘ng‘iroq qilib, uning xodimlarini o‘z dalasiga chorladi. Tekshirishlar suyak mamontning junli va Kolumbiya turlari gibridiga tegishli ekanligini tasdiqladi.

Voqea joyiga yetib kelgan professor va talabalar qazishma ishlarini olib bormoqda. Ayni paytda jonivorning 20 foiz suyaklari, shu jumladan, bosh chanog‘i topildi.

Top