09:34 / 03.10.2015
13298

OAV: BMTdagi chiqishida Putin Obamadan o‘tib ketdi

New York Daily News gazetasi o‘quvchilarining 95 foizi BMT Bosh assambleyasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Barak Obamadan ishonchliroq gapirdi, deb baholamoqda.

Nashr bu haqidagi so‘rovnomani to‘rt kun davomida o‘tkazadi. Bugungi kunga qadar so‘rov natijalarining ko‘rsatishicha, Putin o‘quvchilarning 96 foizini tashkil etuvchi 34 ming ovoz yig‘gan. AQSh prezidenti o‘z hamkasbidan sezilarli ortda qolgan – 1,5 ming ovoz.

Gazeta tomonidan yozilgan tadqiqot ko‘rinishidagi maqolada hamkasblarning o‘zaro ziddiyatlari va tutgan pozitsiyalarini tanqid qilish kabi jahatlarga ahamiyat berilgan. Ularning Suriya masalasida, inson huquqlari, Ukrainadagi voqealar, Qrimning qo‘shib olinishi va shu kabi boshqa holatlarga turli yondashishlari ham asos qilib olingan.
Nashr ikki prezident chiqishini “nutq dueli” deb atagan.

Top