07:56 / 03.10.2015
4743

Olland: Donbassda saylov kunidan boshlab alohida maqom haqidagi qonun qo‘llanishi kerak

Donbassga alohida maqom berilishi haqidagi qonun mintaqada mahalliy saylovlar o‘tkazilgan kundan boshlab amal qilishi kerak, deb aytdi Fransiya prezidenti Fransua Olland “normand to‘rtligi” muzokaralari natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumanida. 

“Ukrainaning sharqiy viloyatlari uchun maxsus qonun haqida gapiradigan bo‘lsak, biz bu qonun saylov o‘tkazilgan kundan boshlab qo‘llanishiga kelishib oldik. Qonun avval vaqtinchalik ko‘rinishda bo‘ladi, o‘tkazilgan saylovlar shubha ostiga qo‘yilmasligi anglangandan keyin doimiy ko‘rinishga o‘tadi”, deb aytdi Olland. 

Avvalroq Olland Minsk kelishuvlarining amalga oshirilishi avval rejalashtirilgandan ko‘proq vaqt olishini ma'lum qilgandi.

Top