09:48 / 03.10.2015
4106

O‘zbekistonlik faxriy og‘ir atlet jahon birinchiligida g‘alabani qo‘lga kiritdi

Sentyabr oyining oxirida Finlyandiyaning Rovaniyemi shahrida og‘ir atletikadan faxriylar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning 2 vakili ishtirok etdi. Ular 45-49 yosh toifasidagi musobaqalarda ishtirok etishdi.

Pahlavonlik o‘yinlari va tosh ko‘tarish sporti bo‘yicha O‘zbekiston federatsiyasi prezidenti Vohiddin Najmiddinov finlyandiyalik Petri Kilponen, eronlik Ehson Bayotiy, germaniyalik Rene Rodrigez, shuningdek, yaponiyalik va shveysariyalik raqiblar bilan kuch sinashib, 4-o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonning ikkinchi vakili Vyacheslav Bryuxov esa chempionlik rutbasini himoya qila oldi. U asosiy raqibi, urugvaylik Pablo Asuaganini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi.

Top