22:58 / 03.10.2015
6268

Pentagon AQSh koalitsiyasi bir kunda Suriyaga 10 ta aviazarba berganligini ma'lum qildi

AQSh va ittifoqchilar aviatsiyasi kun davomida Suriyadagi IShID jangarilar guruhiga 10 ta aviazarba berishgan. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligining rasmiy ma'lumotida keltirilgan.

Xasaka tumani yaqinida jangarilarning uch dona transport vositasi, boshqaruv punkti, portlovchi moddalar ortgan mashina, o‘t ochish nuqtalari yo‘q qilingan. Bir jangari yaralangan.

Bundan tashqari, Kobani shahridagi IShID bo‘limlariga ham aviazarba berilgan. Natijada, boshqaruv punkti yo‘q qilingan, ikki jangari yaralangan.

Ma'lum bo‘lishicha, IShIDning Iroqdagi marralariga ham 17 aviazarba berilgan.

Top