17:39 / 03.10.2015
5216

Qunduzdagi aviazarbalar qurbonlari soni 9 kishiga yetdi

Afg‘onistonning Qunduz shahrida AQSh havo kuchlari tomonidan amalga oshirilgan aviazarbalar qurbonlari soni 9 kishiga yetgani xabar qilinmodqa. Bu haqda Reuters agentligi ma'lumot berdi.

Ilgariroq bombalar “Chegarasiz shifokorlar” tashkilotining shahardagi markaziga zarar keltirgani, bir qancha xodimlar va mijozlar halok bo‘lgani xabar qilingan edi. Tashkilot rahbariyatining ma'lum qilishicha, AQSh qo‘mondonligi shifoxonaning aniq joylashuv o‘rnidan bir necha bor xabardor qilingan.

“Oxirgi bir necha oy mobaynida shifoxona markazi joylashgan o‘rin haqidagi ma'lumot barcha tomonlarga bir necha bor yetkazilgan edi”, - ta'kidladi gumanitar tashkilot vakili.

Top